2019-yil 24-mart kuni soat 00.45 atrofida Samarqand shahrida yashovchi Ye.S. ism-sharifli ayol norasmiy turmush o‘rtog‘i M.A.ning uyida mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida oshxona pichog‘i bilan erining yelka va qorniga urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
M.A. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.
Shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Ye.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)