• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 600 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar vazirligi viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, viloyat sudlari raislari, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Barcha darajadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqotga kirishi, ayniqsa, sayyor qabullar orqali murojaatchilar huzuriga borishi ularning adolatga, davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ochiq muloqotlarda aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinmoqda.

    Bunday sa’y-harakatlar ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratmoqda.

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Toshkent viloyatida ham murojaatlar bilan ishlash tizimi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonalari, turli vazirlik va idora rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 2 oyida 5 ming 600 jismoniy va yuridik shaxs viloyat, tuman va shahardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan. Murojaatlarning 3 ming 500 dan ortig‘i, ya’ni 63 foizi qanoatlantirilgan.

    Shu davrda viloyat hududida 530 dan ortiq sayyor qabul o‘tkazilib, 4 ming 500 dan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularning qariyb 2 mingtasi qanoatlantirilgan.

    Sayyor qabulda aholi murojaati mazmunidan kelib chiqib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muxammadiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Bosh prokuror Otabek Murodov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qabul qildi.

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    “Turmush o‘rtog‘im Mirzo Ulug‘bek tumanida non mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanar edi. 2007-yilda bevaqt qazo qildi. Shundan so‘ng davlat notariusi tomonidan turmush o‘rtog‘im boshqaruvida bo‘lgan ‘Don-non’ mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondining 87 foizdan ortiq qismi oilaning merosxo‘rlari sifatida qizim ikkalamizga ajratilishi belgilandi. Lekin, turmush o‘rtog‘im o‘rnini egallagan sobiq o‘rinbosari oilamizga tegishli bo‘lgan mazkur ulushni o‘z foydasiga o‘zlashtirib oldi. 10 yillik chopa-choplardan so‘ng, nihoyat adolat qaror topdi. Unga nisbatan o‘tgan yili Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Bosh prokurorga mana shu masala yuzasidan murojaat qilib, qo‘zg‘atilgan mazkur jinoyat ishini o‘z nazoratiga olishini va adolatni to‘liq qaror toptirishda amaliy yordam berishini so‘radim”, – deydi Mukarram Nuraliyeva.

    Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi tinglanib, ularning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”

    “2000-yildan buyon oilam bilan Haqiqat ko‘chasi 86-uyda yashayman.O‘sha yili shu uyni sotib olib, hujjatlarini rasmiylashtirishni boshladik. Ko‘chamizning buzilishi mumkinligi vaaji bilan bu jarayon paysalga solindi. Oqibatda uyning elektr, gaz, suv va bir qator hujjatlari mening nomimga o‘tgani holda, uyga egalik huquqi berilmadi. Hozir uyimiz egasiz. Chunki, sobiq egasi uni menga sotgan va unda uyga egalik huquqi yo‘q. Qizig‘i, 19 yildirki, o‘z uyimga bunday huquq o‘zimda ham yo‘q. Shu masala bo‘yicha murojaat qilib, amaliy yordam so‘rab keldim”, – deydi chirchiqlik Baxtiyor Hasanov.

    Aholi bilan ochiq muloqot mobaynida aholining 600 dan ortiq murojaati tinglanib, ma’lum qismi joyida bartaraf etildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

    25.03.2019, 11:48   Izoh (0)   16610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Gretsiya prezidentiga tabrik yo‘lladi

    25.03.2019, 11:22

    O‘zbekiston ta’lim xodimlari kasaba uyushmasi andijonlik pedagoglarga oyligini olishga yordam berdi

    25.03.2019, 10:25

    Andijonlik 10 bolali tadbirkor: Bank biznes rejamni ko‘rsatsin, ular bilan bahslashmayman

    25.03.2019, 07:50

    Samarqandlik ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab, voqea joyidan yashirindi

    24.03.2019, 22:55

    Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi

    24.03.2019, 22:25

    OPEK Xalqaro rivojlanish fondi Namanganda 54 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi

    24.03.2019, 21:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    Dunyo | 10 avgust, 21:42

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15

    “Tolibon” go‘zallik salonlarini ommaviy yopishni boshladi

    Afg'oniston | 10 avgust, 20:40

    Janubiy Koreya armiyasi 20 foizga qisqardi

    Dunyo | 10 avgust, 20:10

    “Al-Hilol” Levandovskini sotib olmaydi

    Sport | 10 avgust, 19:57

    Hayvonlarni identifikatsiya qilish: jonivorlar egasining huquq va majburiyatlari qanday?

    O‘zbekiston | 10 avgust, 19:45

    ”Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” — isroillik ravvin

    Dunyo | 10 avgust, 19:10

    Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” omborini ko‘zdan kechirish vaqti portlab ketgan Livan harbiylariga hamdardlik bildirdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.