Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlat rahbarini BAA bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.
Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi amirligi valiahdi, BAA qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o‘tkazadi.
Izoh (0)