Istanbuldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi maqomi muzeydan masjidga aylantirilishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Hozir turistlar bu yerga qo‘shni joylashgan Moviy masjidga bemalol bepul kirishi mumkin. Ayo Sofiya bilan ham shunday qilish kerak ”, — dedi Erdo‘g‘on.
Hozirda mazkur muzeyga kirish chiptasi 10 dollar atrofida turadi.
Ma’lumot uchun, Ayo Sofiya Vizantiya imperiyasi davrida qurilgan bo‘lib, dastlab xristian sobori vazifasini bajargan. 1453-yili Istanbul Usmonlilar qo‘liga o‘tgach, masjidga aylantirilgan, 1934-yildan beri esa muzey hisoblanadi.
Izoh (0)