Qirg‘iziston poytaxti nomini Bishkekdan Manasga o‘zgartirish taklif qilinmoqda, deb xabar beradi “Golos SNG” radiosi. Shaharni dunyoga mashhur qirg‘iz eposi nomi bilan atashni Jogorku Kenesh deputati Emilbek Kaptagayev taklif etdi. Uning fikricha, poytaxtning Sverdlov tumanini Bishkek deb atash mumkin bo‘lardi, bu esa barcha ma’nolarda adolatli bo‘lardi.
Xususan, tashabbus muallifi zamonaviy poytaxtning aynan shu hududida Bishkek qishlog‘i joylashgan deb taxmin etilishini, Bishkek botir ismli kishi haqiqatan ham yashab o‘tgani shu paytgacha birorta ham ishonchli manba tomonidan tasdiqlanmaganini eslatdi.
Parlamentariy hozir ushbu masalani hal etishning ayni vaqti ekanligini qayd etdi.
Deputatning Facebook’dagi postiga turli fikrlar bildirildi. Qo‘llab-quvvatlaganlar ham bo‘ldi, ammo qarshi chiqqanlar ham kam bo‘lmadi. Ularning fikricha, qatorasiga hamma narsaga “Manas” deb nom berish, uning ahamiyatini tushirish kerak emas.
Izoh (0)