Mozambikda “Iday” tropik sikloni sababi yuz bergan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 417 kishiga yetdi. Bu haqda Mozambik yer resurslari, atrof-muhit va qishloqni rivojlantirish vaziri Selso Korreyya ma’lum qildi. Vazirning qayd etishicha, mamlakatdagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda.
Suv toshqinlari sabab hozirga qadar 600 ming kishi boshpanasidan mahrum bo‘lgan. Jahon oziq-ovqat dasturi (WFT) gumanitar tashkiloti kuni kecha, 22-mart kuni Mozambikda favqulodda holatning eng yuqori — uchinchi darajasini e’lon qildi.
“Iday” sikloni Mozambik hamda unga qo‘shni Malavi va Zimbabvega o‘tgan hafta yopirilgan edi. Afrika qit’asining janubiy qismida kuchli yog‘ingarchilik to‘xtamayapti. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Zimbabveda 259 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)