Chechenistonlik mahbuslar Mordoviyadagi 5-sonli koloniyada bir necha marta o‘z tana a’zosiga qasddan jarohat yetkazish harakatlarini sodir etdi, deb yozadi Meduza.
Shu yo‘l bilan ular xodimlar tomonidan zo‘ravonlikka qarshi norozilik bildirgan.
Qayd etilishicha, mahbuslarning 10 nafari o‘zining qorniga mix tiqqan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
“Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Biroq ushbu mahbuslardan hech qanday yozma shikoyat kelib tushmagan. Hozircha bular faqat og‘zaki ko‘rinishda”, — deyiladi xabarda.
Mordoviyadagi 5-sonli koloniyadagi mahbuslar orasida sobiq huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor.
Izoh (0)