“Voditeli Namangana” guruhi haydovchilari shahardagi 26-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasiga olib bordi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
“Bundan ko‘zlangan maqsad Namangan ahlini Navro‘z ayyomi bilan qutlash va bolajonlarni o‘tmishning ulug‘ obidasi bilan tanishtirish bo‘ldi. Ular davlat rahbari tashrifidan so‘ng Axsikent bilan tanishish istagini bildirgandi”, — deydi guruh rahbari Maksim Semayev.
Ziyoratgohga safardan so‘ng bolajonlar tadbir tashkilotchilari tomonidan tashkillangan bayram dasturxoniga taklif etildi.
Ularga XDP Namangan viloyat kengashi tomonidan sovg‘alar topshirildi.
Izoh (0)