• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyevni Si Szinpin, Nursulton Nazarboyev, Emomali Rahmon va boshqa davlatlar rahbarlari Navro‘z bilan qutladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, jamoat arboblaridan Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Xitoy xalqining bahor bayrami munosabati bilan yo‘llagan qutlovingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o‘z nomimdan Sizni O‘zbekiston xalqining an’anaviy bayrami - Navro‘z bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

    Sizga mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga zafarlar tilayman!

    Do‘st O‘zbekiston xalqi baxtli va farovon bo‘lsin!

                       Si Szinpin,Xitoy Xalq Respublikasi Raisi***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni va butun O‘zbekiston xalqini xalqlarimiz uchun mushtarak bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman!

    Insoniyatga ezgu qadriyatlar ulashuvchi, odamlarni dini va tiliga qarab ajratmaydigan, tinchlik va birdamlikka da’vat etuvchi ushbu ayyom qardosh xalqlarimizga o‘z hayotbaxsh kuchini ato etsin, ko‘p shodliklar va baxt-saodat olib kelsin.

    Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bundan buyon ham mustahkam do‘stlik va sheriklik asosida izchil rivojlanishiga ishonchim komil.

    Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinch-farovon hayot va ravnaq tilayman.

    Eng ezgu tilaklar ila,

                             Nursulton Nazarboyev,Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Qirg‘iziston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va butun O‘zbekiston xalqini bahor ayyomi - Navro‘z bilan samimiy muborakbod etaman!

    Bahorgi tengkunlik bilan bog‘liq ushbu yorqin bayram Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan keng nishonlanmoqda.

    Ushbu bahor ayyomi davlatlarimiz va har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Xalqlarimizga esa qut-baraka, tinchlik va birdamlik olib kelsin!

    Strategik sheriklik, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlarining manfaatlari yo‘lida bundan buyon ham jadal rivojlanib borishiga qat’iy ishonaman.

    Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilayman.

    Hurmat bilan,

        Sooronbay Jeenbekov,Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni va birodar O‘zbekiston xalqini bahorgi tengkunlik va sharqona Yangi yil – fayzli Navo‘z bayrami bilan qutlayman!

    Ezgulik va bunyodkorlik qadriyatlarini targ‘ib etuvchi bu bayram uni an’anaviy ravishda nishonlaydigan xalqlar va mamlakatlar tashqarisida ham keng tarqalib, sayyoramizning turli burchaklarida istiqomat qilayotgan insonlar uchun ham qadrli bo‘lib qolgani, xalqlarimiz uchun mushtarak bu qadimgi ayyom xalqaro hamjamiyatda keng ko‘lamda va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanayotgani bizni quvontiradi.

    Aminmanki, mamlakatlarimiz Navro‘zning yuksak ma’naviy qadriyatlari – do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch, bag‘rikenglik, ezgulik va o‘zaro anglashuvga tayanib, bundan buyon ham do‘stona aloqalar va keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi.

    Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida yangi zafarlar, qardosh xalqingizga esa tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.

    Hurmat ila,

      Emomali Rahmon,Tojikiston Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich, qadrli qardoshim!

    Xalqaro Navro‘z ayyomi munosabati bilan Sizga va Siz orqali qardosh O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga sharaf bag‘ishlaydi.

    Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydi.

    O‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va yaxshi qo‘shnichilik an’analarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom xalqlar o‘rtasida birdamlik va do‘stlikni mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega.

    Ushbu fayzli bayram Siz va qardosh O‘zbekiston xalqiga shodlik, farovonlik va ravnaq olib kelsin!

    Chuqur hurmat ila,Gurbanguli Berdimuxamedov,Turkmaniston Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Ozarbayjon xalqi nomidan va o‘z nomimdan Sizni va Siz orqali butun O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan samimiy qutlayman.

    Tabiat uyg‘onishi ramzi bo‘lmish ushbu bahoriy ayyom qalblarga shodlik bag‘ishlab, odamlarni do‘stlik, ezgulik va birdamlikka chaqiradi.

    Xalqlarimiz irodasi bilan, Navro‘zning qadimiy an’analariga tayangan holda, biz bundan keyin ham Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini birgalikda mustahkamlab borishimizga ishonaman.

    Ushbu qutlug‘ kunlarda Sizga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa abadiy tinchlik va farovonlik tilayman.

    Hurmat bilan,

                      Ilhom Aliyev,Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Yangi 1398 hijriy-shamsiy yil va Navro‘z xalqaro bayramining kirib kelishi munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Siz, Janobi Oliylariga va birodar O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.

    Qadimiy va mushtarak madaniy an’analarimizdan biri hisoblangan Navro‘z xalqaro bayrami mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Yangi yilning kirib kelishi bilan ellarimiz va ushbu buyuk merosdan bahramand barcha davlatlarning birodar xalqlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada kengayib borishiga umid qilaman.

    Fursatdan foydalanib, ushbu ayyom bilan yana bir bor muborakbod etgan holda, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilab qolaman.

                    Muhammad Ashraf G‘ani,Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti

    ***

    O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident janoblari!

    Go‘zal bahor yana chehrasini ochib, hijriy-shamsiy 1398 yil boshlanishi va qadimiy Navro‘z kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini muborakbod etayotganimdan cheksiz mamnunman.

    Borliq uzra Navro‘zi olamning quvonchlik navolari taralib, atrof yam-yashil maysalaru gullarga burkangan holda tabiatning jonlanishi, musaffo osmon bo‘ylab qardirg‘ochlar chug‘urlashi – barcha-barchasi Parvardigorning qudratini namoyish etib, eski-tuskilardan qutulish, qish sovug‘ini unutish, go‘zallikning yangilanishi va mehribonlik ayyomi kelganidan darak beradi.

    Umidim shulki, yer bag‘ri isib, tabiat uyg‘onishi bilan odamlarning o‘y-fikrlari va qarashlari ham yon-atrofiga uyg‘un ravishda yanglilansin; bahoriy mushfiqlikdan ilhomlanib, bir-birlariga yanada mehr-shafqatli, oqibatli bo‘lishsin, yangi yilni osoyishtalik, xotirjamlik va ishqu muhabbatda boshlashsin; biz, davlat rahbarlari esa, bahoriy shaydolik epkinlaridan ruhlanib, xalqlarimiz o‘rtasida mustahkam tinchlik va birdamlik sharoitini yaratib, xalqlarimizga to‘kin-sochinlik, kun sayin gullab-yashnash ne’matini tortiq qilaylik.

    Xudovandi karimdan Siz, Janobi Oliylariga va do‘st O‘zbekiston xalqiga yangi yilda yangi orzu-umidlar, quvonch va farovon hayot tilab qolaman.

                       Hasan Ruhoniy,  Eron Islom Respublikasi Prezidenti

    Shuningdek,

    Saudiya Arabistoni Qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

    Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

    Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

    Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

    Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla

    Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda va boshqalar tabrik yo‘llagan.

    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    21.03.2019, 18:27   Izoh (0)   38397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkentda Navro‘z sayli

    21.03.2019, 17:32

    Namanganda salkam 7 tonnali megasumalak tayyorlandi (foto)

    21.03.2019, 16:55

    Nurshod Xudoyberdiyev Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    21.03.2019, 16:35

    O‘zbekistonlik tadbirkor ayol BMT tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

    21.03.2019, 15:53

    MTS “O‘zbekistondagi poralar” ishi tufayli amerikalik huquqshunoslardan da’vo arizasi oldi

    21.03.2019, 14:18

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

    21.03.2019, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqmoqchi

    Dunyo | 23 iyul, 13:02

    Avtomobil sanoatining unutilgan qahramoni: xavfsizlik yostig‘ini kim ixtiro qilgan?

    Avto | 23 iyul, 12:32

    Toshkentda Germaniyaga ishga yuborishini aytib, 9 kishini chuv tushirganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 12:27

    Messining kelajagi deyarli hal bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 12:17

    Ozarbayjon samolyotini urishga buyruq bergan rus generali lavozimi oshdi — OAV

    Dunyo | 23 iyul, 12:13

    “O‘zgidromet” 24-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:40

    Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tekshirish va emlash taklif qilindi

    Dunyo | 23 iyul, 11:35

    Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarmoqchi

    Sport | 23 iyul, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.