Turkiyaning Yildirim Enerji Holding kompaniyasi Surxondaryoda issiqlik elektr stansiyasi quradi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Bu O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov va turk kompaniyasi ijrochi direktori Mustafa Kurnaz o‘rtasida imzolangan kelishuvda ko‘zda tutilgan.
IES 900 megavatt quvvatga ega bo‘lishi va tabiiy gazda ishlashi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Yildirim Enerji Holding Turkiya va xorij davlatlari, jumladan, AQSh, Ispaniya, Rossiyadagi 50 dan ortiq kompaniya bilan qo‘shma investitsiya loyihalariga ega.
Izoh (0)