19-mart kuni AQShning Ayova shtatidagi turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Yonayotgan uydan qutqarish maqsadida politsiya uning onasidan bolalarni derazadan tashqariga tashlashni suradi, deb yozadi ForumDaily.
Yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar 03:14 da kelib tushgan. Politsiya ofitserlari o‘t o‘chiruvchilarga yordam bergan. Biroq quyuq tutun uch nafar bolasi bilan yong‘in ichida qolgan uchinchi qavatdagi ayol yoniga borishga imkon bermagan. Shu sababli politsiya bolalarni derazadan tashlashni aytgan.
Xabarda aytilishicha, hech qaysi bola, o‘t o‘chiruvchilar yoki politsiya xodimlari zarar ko‘rmagan.
Yong‘in paytida binoda qancha odam bo‘lgani hozircha noma’lum.
Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
https://www.facebook.com/DMPolice/videos/431505917392524/
Izoh (0)