20-mart kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Nursulton Nazarboyevning prezidentlik vakolatini muddatidan avval tugatish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Qozog‘iston (MSK) saytida ma’lum qilindi.
“2015-yilning 26-aprel kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov berish huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylangan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning vakolati muddatidan avval tugatilsin”, — deyiladi qarorda.
Shuningdek, MSK prezidentlik vakolatining qolgan muddatini Qosim-Jomart Tokayevga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.
Izoh (0)