18-mart kuni Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreyada yadro dasturi bilan bog‘liq faollikni qayd etdi, deb xabar berdi “TASS”.
Bu haqda Koreya Respublikasi Mudofaa vaziri Chon Gyon Du mudofaa masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, yig‘ilishda Shimoliy Koreya bilan siyosat bo‘yicha departament rahbari Kim Do Gyun ham so‘zga chiqqan. U Pxenyan ikki mamlakat chegara hududida tasodifan to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha o‘tgan yili qabul qilingan harbiy kelishuvni so‘nggi vaqtlarda bir necha marta buzganini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kim Do Gyun chora ko‘rishga chaqirib, Pxenyanga o‘n martadan ortiq rasmiy nota yuborgan, biroq biror marta javob olmagan.
Izoh (0)