Niderlandiyaning Utrext provinsiyasida tramvaydagi otishmadan so‘ng maksimal terroristik tahdid rejimi o‘rnatildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Avvalroq, Utrextda otishma sodir bo‘lgan edi. Otishma natijasida bir necha kishi jarohatlangan.
Politsiya voqea terroristik hujum bo‘lishi mumkin ekanligini ma’lum qilgan.
Shuningdek, otishmani sodir etgan kishi hozircha topilmadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u voqea joyini mashina orqali tark etgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)