12-mart kuni Moskvada “maugli bola” vafot etdi, deb xabar berdi “MK.ru”.
Qayd etilishicha, bola yetti yoshda bo‘lgan. U autizm bilan og‘rigan va o‘zi yashab turgan xonadonda vafot etgan.
Ota-onasi ajrashganidan keyin bola onasi va buvisi bilan qolgan. Qo‘shnilar bolaning onasi deyarli uyda bo‘lmasligini aytgan, buvisida esa axlat yig‘ish sindromi bo‘lib, uyga har kuni qoplab axlat olib kelgan.
Bola shunday sharoitda, umuman ko‘chaga chiqmasdan yashagan. Bolaning otasi va qo‘shnilarning vasiylik va homiylik organiga qilgan shikoyati e’tiborsiz qoldirilgan.
Shifokorlarning aniqlashicha, bola yurak urishi to‘xtashidan vafot etgan.
Izoh (0)