Kareliyadagi Petrozavodskiy shahar sudi “Syamozero” lagerida halok bo‘lgan 14 nafar bola ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga nisbatan hukm o‘qidi, deb xabar berdi Meduza.
“Syamozero” lageri sobiq direktori Yelena Reshetova va uning o‘rinbosari Vadim Vinogradovning har biri 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘taydi.
“Syamozero” lagerida instruktor bo‘lib ishlagan Valeriy Krupodershikov sakkiz oyga qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq allaqachon bu muddatni qamoqda o‘tkazgani uchun jazo bekor qilingan.
Yana uch nafar ayblanuvchini sud oqladi.
Izoh (0)