Niderlandiyaning Utrext shahrida noma’lum shaxs yo‘lovchilari bo‘lgan tramvayda o‘t ochdi. Bu haqda RTV xabar bermoqda.

Foto: RTV

Telekanalga ko‘ra, hodisa Toshkent vaqti bilan soat 10.45 atrofida sodir bo‘lgan. Otishma oqibatida bir necha kishi yaralangan.

Voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari yetib keldi va otishma yuz bergan hududni qurshab oldi. Hodisa terakt sifatida baholanishi ehtimoli istisno etilmagan.