OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi, byuro tarkibini qisqartirishlar kutayotgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ularni rad etdi.
“Ushbu ma’lumotlar haqiqatga zid. Majburiy ijro byurosi o‘z ishini Prezidentning 2017-yil 29-mayda imzolangan farmonida belgilangan tartibda bajarmoqda”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga ko‘ra, kelgusida byuro faoliyati, uning nomi va bevosita bo‘ysunuvchi yuqori tashkilotini o‘zgartirish yoki almashtirish ko‘zda tutilmayapti.
Izoh (0)