Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zokirzoda Muhammadtoir boshchiligidagi delegatsiya “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, uning tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda delegatsiyasi vakillari ”O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari bilan birga Tojikistonning Dushanbe shahrida qo‘shma korxona barpo etish, ehtiyot qismlarni yetkazib berish va qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish masalalarini atroflicha muhokama qildi.
Kelgusida ushbu korxonada ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari nafaqat Tojikiston dehqonlariga, balki mintaqa mamlakatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)