Forbes nashri Rossiyaning eng badavlat bo‘ydoqlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga turmushidan ajragan yoki hali uylanmagan 15 kishi kirdi, deya xabar beradi Meduza.
Ro‘yxatdagi birinchi o‘rinni 15 milliard dollar bilan “Alfa-grupp” asoschisi Mixail Fridman egalladi. Biznesmen 10 yil avval ajrashgan, 4 nafar bolasi bor.
Ikkinchi o‘rinda Evraz kompaniyasi va “Chelsi” futbol klubi egasi Roman Abramovich (12,4 milliard dollar) qayd etildi. U uch marta ajralgan, 7 nafar farzandning otasi.
“Oneksim” guruhi va Brooklyn Nets basketbol klubi egasi Mixail Proxorov 9,8 milliard dollar bilan uchinchi o‘ringa joylashtirildi. U rasman biror marotaba uylanmagan.
Shuningdek, rossiyalik badavlat bo‘ydoqlar ro‘yxatiga “Alfa-Grupp” rahbarlaridan biri Pyotr Aven (5,2 milliard dollar), En+ xoldingi va “Rusal” kompaniyasi egasi Oleg Deripaska (3,6 milliard dollar), Telegram asoschisi Pavel Durov (2,7 milliard dollar) ham kiritildi.
Izoh (0)