AQSh immigratsiya va fuqarolik xizmati (US Citizenship and Immigrations Services) 21 ta mamlakatdagi byurolarini yopishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu haqda The Washington Post nashriga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Mazkur tashkilot direktori Frensis Sissna xizmat Davlat departamenti bilan kelishgan holda bir necha oy ichida o‘z byurolarini yopishini aytib o‘tgan.
Oilaviy vizalar berish, farzandlikka olish, Amerika fuqaroligini berish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish kabi vazifalar AQShning tegishli davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari o‘rtasida taqsimlanadi.
AQSh immigratsiya va fuqarolik xizmati fevral oyi boshida Moskva shahridagi byurosini yopish haqida qaror qabul qilgandi. Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Estoniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan immigratsiya bilan bog‘liq masalalarni Afinadagi byuro o‘z zimmasiga oladi.
Izoh (0)