Moskvadagi xonadonlardan birida topilgan “maugli qiz” hozircha kasalxonada qoldiriladi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Rossiya prezidenti qoshidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznetsova qizni asrab olish istagida bo‘lganlar borligini ma’lum qilgan. Shuningdek, unga yordam berishni xohlovchilar ko‘pligini ta’kidlagan.
Uning aytishicha, qizcha “tapochka” degan so‘zni tilga olgan va hozircha boshqa hech nima demagan. Qizcha o‘zini nisbatan erkinroq tutib, karavotda yotishni boshlagan. Bundan avval faqat stulda uxlagan. Bundan tashqari, bola flomasterlar bilan rasm ham chizmoqda.
Eslatib o‘tamiz, besh yoshli qiz 10-mart kuni Moskvadagi uylardan birida axlatga to‘la xonadondan ochlik va charchoqdan sillasi qurigan holda topilgan. Uning onasi hibsga olinib, ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga doir: Moskvada topilgan “maugli qiz” gapira boshladi
Izoh (0)