AQSh senati Oq Uydan Yamanda Saudiya Arabistoni harbiy koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni talab qildi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Qarorni 54 nafar senator qo‘llab quvvatlagan. Endi hujjat Kongress quyi palatasiga yuboriladi.
Qonun loyihasining mualliflaridan biri senator Berni Sanders, urush e’lon qilish huquqiga prezident emas, faqat Kongress haqli ekanini ta’kidladi.Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilari 2014-yildan beri Yamanda isyonchilarga qarshi kurashmoqda.
Izoh (0)