13-mart, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida so‘nggi 2 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Lionel Messi yetakchiligidagi Ispaniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida Fransiyaning “Lion” jamoasi bilan bahsga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqichning dastlabki o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlab qolinib, g‘olib nomi aniqlanmagandi (0:0).
Kunning ikkinchi bellashuvida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi Germaniyaning Myunxen shahriga safar qiladi. U yerda “mersisaydliklar” Niko Kovach boshqaruvidagi “Bavariya” klubi bilan musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu qarama-qarshilikning birinchi to‘qnashuvi ham 0:0 hisobida yakunlangandi.
YChL
1/8-final bahslari
13-mart, chorshanba
“Barselona”—“Lion” 01:00
“Bavariya”—“Liverpul” 01:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)