• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida Donald Trampga kimlar raqiblik qiladi?

    AQSh prezidentligi sayloviga yana ikki yilcha vaqt bor bo‘lsa-da, navbatdagi saylovda o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘layotganlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Saylov poygasiga allaqachon 6 senator qo‘shilib ulgurdi. Ularning orasida 2016-yilgi saylov ishtirokchisi, 79 yoshli Berni Sanders nomzodi ham bor. “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev shu va boshqa nomzodlarga to‘xtalib o‘tadi.

    Berni Sandersdan farqli ravishda, Hillari Klinton xonim saylovda qatnashmasligini e’lon qildi. Nyu-York shahrining sobiq hokimi, milliarder Maykl Blumberg ham saylovda ishtirok etmasligini bildirdi.

    Maykl Blumberg Twitter’dagi sahifasida “prezident bo‘lib xizmat qilish eng ulkan sharaf bo‘lishi mumkin, ammo men hozirda oddiy fuqaro sifatida qo‘limdan kelgancha o‘z mamlakatimga yordam berishim ayni muddao”, deb yozdi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Maykl Blumberg o‘z rejalarini oshkor etishdan ko‘ra “yengini shimarib ishlash” uning uchun qiziqroq ekanini va Demokratik partiya uning nomzodini qo‘llab-quvvatlamasligini e’tirof etdi.

    “Men Trampni prezident saylovida yenga olaman, biroq hozirgi raqobatchilar sonini hisobga oladigan bo‘lsak, Demokratik partiya qo‘llab-quvvatloviga erishish mushkul vazifadir”, deydi u.

    Hillari Klinton ham 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik poygasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

    News12 telekanaliga bergan intervyusida Klinton xonim “prezident saylovida ishtirok etmasligini, ammo o‘zi ishongan g‘oyalar uchun chiqishlar qilishda davom etib faoliyat olib borishini” bildirdi. Klinton xonim hozirda Amerika siyosati tarixida umum saylovlargacha yetib borgan yagona ayol siyosatchi bo‘lib qolmoqda.

    AQSh tarixida dastlabki saylovda mag‘lubiyatga uchrab, keyingi saylovda g‘alaba qozongan siyosatchi Richard Niksondir. Nikson 1960-yilgi saylovda Jon Kennediga yutqazib qo‘ygan, ammo 1968 va 1972-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonib, prezidentlikka saylangan.

    “Klinton 2020-yilgi saylovda nomzodini ko‘rsatmaydi, u Oq Uy uchun uchinchi bor o‘tadigan kurashdan bosh tortibdi. Afsus! Nahotki men u bilan yana bir bor bellashish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsam? Uning o‘rni bilinib qoladi!”, deb kinoyali izoh qoldirdi Donald Tramp Twitter’dagi akkauntida, Hillari Klintonning saylovda ishtirok etmasligini sharhlarkan.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Klinton xonim Trampning Twitter’dagi izohiga javob qaytarar ekan, “Bemaza qizlar” kinokomediyasidagi qahramon aytgan “Nega menga buncha shaydo bo‘lmasang?” gif’li izoh joyladi.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Ayni paytda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda 14 nomzod qatnashishini ma’lum qildi.

    Berni Sanders

    Vermontlik senator, 2016-yilgi saylovda ishtirok etgan. Sanders o‘zini demokrat-sotsialist deb ataydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2020-yilda Sanders 79 yoshni qarshilaydi,;agarda u prezident bo‘ladigan bo‘lsa, AQSh tarixidagi eng keksa davlat rahbari bo‘ladi.

    2016-yilgi Demokratik partiya praymerizlarida Hillari Klintonga yutqazib qo‘ygan Berni prezidentlik saylovida yana ishtirok etishini ta’kidlab keldi va o‘z so‘zida turib, yana bir bor nomzodini ko‘rsatdi. Berni barcha uchun sog‘liqni saqlash tizimi ochiq bo‘lishi, oliy ta’limn ham bepul bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.

    Ammo Sanders o‘z muvaffaqiyatining qurboni ham bo‘lishi mumkin. U bundan uch yil avval Demokratik partiyani so‘lga itarib yubordi va Elizabet Uorren hamda Tulsi Gabbard qiyofasidagi sobiq ittifoqchilarining raqibiga aylandi.

    Hillari Klintondan farqli ravishda, Elizabet Uorren va Tulsi Gabbard Bernini ayab o‘tirmaydi.

    Elizabet Uorren

    Massachusetslik senator, Uoll-Strit tanqidchisi, sotsialist.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2008-yilgi iqtisodiy bo‘hrondan so‘ng moliyaviy sektorni qattiq tizginga olish tashabbusi bilan yodda qolgan Uorren xonim taraqqiyparvar so‘llarning sevimli siyosatchisi. Senator sifatida Uoll-Strit korchalonlarini o‘ta bir ishtiyoq bilan so‘roq qilgan daromadlar notengligini tanqid qilgan. Uorren xonimning asosiy muammosi — tarafdorlari sonining ko‘payishi. Massachusetslik taraqqiyparvar professorlar hammani ham siylayvermaydi.

    Tulsi Gabbard

    Gavayi shtatilik kongressvumen, Iroq urushi faxriysi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Amerika Samoasida tug‘ilgan, kelib chiqishi polineziyalik, mamlakat tarixidagi dastlabki Kongressga saylangan hind diniga e’tiqod qiladigan ayol. 2004–2006-yillarda Iroqda xizmat qilgan, 2012-yilda doim AQShning bu mamlakatga bostirib kirishini tanqid qilib kelganligini bayon qilgan. Gabbard xonim AQShning Suriyaga bostirib kirishini ham tanqid qilar ekan, “Suriyadagi tartibni ag‘darib tashlash maqsadidau uyoqqa qo‘shin kiritish noqonuniy”, deb aytgan. 2017-yilning yanvar oyida Bashar Asad bilan uchrashgani uchun ham tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketgan. 2016-yilgi saylovlarda Tulsi Gabbard Berni Sanders nomzodini yoqlagan. Dastlab “hamjinsboz ekstremistlarni”, abortlarni tanqid qilgan bo‘lsa, keyinchalik bir jinsli nikohlarni va abortlarni yoqlay boshlagan.

    Kamala Harris

    Kaliforniyalik senator, yangi porlayotgan yulduz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Harris xonim demokratlar partiyasining yangi yuzi bo‘lishi mumkin. Yamaykalik muhojir ota va hindistonlik muhojir onaning farzandi, hozircha yagona qora tanli senator ayol, Kongressdagi liberallarni muntazam dastaklab keladi. Kaliforniya bosh prokurori sifatidagi ish tajribasiga ega. Shtat bosh prokurori sifatida Kaliforniya jinoyat qonunchiligi tizimini isloh qila olmagani uning raqiblari uchun asosiy nishon bo‘lishi mumkin.

    Emi Klobushar

    Minnesotalik senator, huquqshunos.

    Foto: Alamy

    Foto: Alamy

    Sobiq bosh prokuror sifatida Oliy sud sudyaligi lavozimiga jinsiy tajovuzlarda ayblangan Bretta Kavanoning nomzodini ko‘rsatish ishlari tinglovida o‘ta sovuqqon professionallikni namoyish qilgan. O‘zini “qarshilik ko‘rsatish va nafrat nishoni bo‘lmaslik” aqidasiga izchil sifatida namoyon qiladi, ammo uning o‘zi ham qo‘l ostidagilarga nisbatan haqorat ishlatganlikda ayblanadi.

    Kori Buker

    Nyu-jersilik senator va iqtidorli notiq.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Prezidentlik saylovi chiroyli nutq poygasi bo‘lganda edi, u albatta g‘alaba qozongan bo‘lardi. Buker sahna san’ati qoyidalarini mukammal o‘zlashtirgan va har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlatadi. Unda Barak Obamaga xos bo‘lgan “ko‘zga issiq uchrovchi” xususiyat mavjud. Buker “fandreyzing” borasida yaxshi tajribaga ega va Uoll-stritlik donorlar bilan qay tarzda muloqot qilishni biladi. Ammo uning Uoll-Strit korchalonlariga yaqinligi so‘l demokratlarda shubha uyg‘otadi.

    Xulian Kastro

    Obama jamoasining a’zosi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Barak Obamaning prezidentligi davrida uy-joy qurilishi va shaharsozlik vaziri sifatida faoliyat yuritgan, Texas shtati San-Antonio shahri sobiq hokimi. Boshqa nomzodlardan farqli ravishda notiq, siyosiy doiralarda o‘ta mashhur emas. Uning plyuslari kelib chiqishi meksikalik ekanligi va 44 yoshda ekanligidadir.

    Kristen Jillibrand

    Nyu-yorklik senator, ikki farzandning onasi va #MeToo harakati faoli.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “O‘z farzandlari uchun qanday mardonovar kurashsa, o‘zgalarning farzandlari uchun shunday kurash olib borishini” va’da qilmoqda. Jinsiy tajovuzlarda ayblanayotgan senator El Franken iste’fosini talab qilib, demokratlar qahriga qolishga ham ulgurdi. Hillari Klinton tarafdorlarini Bill Klintonning Monika Levinski bilan janjalini tanqid qilib o‘zidan bezdirib qo‘ygan. Unga endi feminizm yordam berishi mumkin — ayni paytda Vakillar palatasida feministlar tarafdorlari rekord darajada ko‘pchilikni tashkil qiladi.

    Pit Butijich

    Indiana shtati Saut-Bend shahri hokimi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Millenial nomzod. Flotda xizmat qilgan. Afg‘oniston urushi faxriysi. 30 yoshida hokim sifatida saylangan. 100 ming aholisi bor shaharga hokimlik qiladi. “Agar biror narsa o‘zgarmasa, farzandlarimizning hayoti ham ota-onalarimizning hayoti kabi moliyaviy nuqtai nazardan yaxshilanmaydi”, deb va’da bermoqda.

    Jon Deleyni

    Elektrikning o‘g‘li, tadbirkor.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    6 yil mobaynida Merilenddan saylangan, Kongress a’zosi bo‘lgan. 2020-yildagi saylovda ishtirok etish niyatini 2017-yilning iyul oylarida e’lon qilgan. Respublikachilar va demokratlar hamfikrlilik asosida ish ko‘rishini yoqlaydi. Ular o‘rtasidagi jarlikning ayni paytda qanday katta ekanligini hisobga olsak, juda yaxshi strategiya emas.

    Marianna Uilyamson

    Twitter’da million obunachisi bor yozuvchi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bestsellerlar muallifi, xayriya tashkiloti rahbari, asarlarini shaxsan Opra Uinfrining o‘zi o‘qishi bilan faxrlanadigan yozuvchi. Agar Opra Uinfrining o‘zi saylovda ishtirok etishini e’lon qilmasa, “AQSh bir yaxlit mamlakat sifatida ro‘baro‘ kelayotgan muammolarni chuqurroq o‘rganish” rejasi bor.

    Endryu Yang

    Kelib chiqishi tayvanlik tadbirkor.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Prezident bo‘lish niyati haqida 2017-yilning noyabrlarida e’lon qilgan. Texnologiyalar sohasida biznes yuritadi. AQSh hukumatiga dastlabki kapital sifatida 18–64 yoshli shaxslarga oyiga ming dollardan to‘lashni maslahat bergan. Bu tadbir avtomatlashtirish ortidan kelib chiqadigan ishsizlik muammolari paytida “xavfsizlik yostiqchasi” bo‘lib xizmat qilishini ko‘zlagan. Uning muvaffaqiyati demokratlarga o‘z g‘oyalarining tog‘riligini isbotlash olishiga bog‘liq.

    * * *

    Prezidentlikka nomzodi muhokama qilinayotgan ayrim siyosatchilar hozircha o‘z maqsadlarini ma’lum qilmadi. Ular orasida sobiq vitse-prezident Jo Bayden nomzodi ham bor. Barcha mashhur demokratlar orasida uning nomzodi favorit hisoblanadi.

    Demokratlar praymerizlarida kim g‘alaba qozonishini albatta vaqt ko‘rsatadi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    11.03.2019, 09:33   Izoh (0)   38623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.