Ukraina maktablarida o‘rta ma’lumot haqidagi shahodatnoma guvohnoma bilan almashtirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ukrainalik o‘quvchilar endi to‘rtinchi sinfdan so‘ng boshlang‘ich ma’lumot haqida, to‘qqizinchi sinfdan so‘ng bazaviy o‘rta ma’lumot, o‘n birinchi (12) sinfni tamomlagandan keyin to‘liq umumiy o‘rta ma’lumot haqidagi guvohnomani oladi.
Bu hujjatlardan ko‘zi ojizlar ham foydalanishini inobatga olib, ular Brayl shrifti yordamida tayyorlanadi.
Qayd etilishicha, dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida shahodatnoma o‘rniga guvohnomadan foydalaniladi.
Izoh (0)