Telegram kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarini 10-mart kuniga mo‘ljallangan Rossiya internetini taqiqlashiga qarshi choralar ko‘rishga chaqirdi, deb xabar berdi Meduza.
Xabarda aytilishicha, bunday chaqiruv odatda messenjer bilan bog‘liq yangiliklar haqida xabar beruvchi bot orqali tarqatilgan.
Moskvada Libertarian partiya tomonidan tashkillashtiriladigan kelishilgan miting Saxarov prospektida soat 14:00 da boshlanishi kerak.
“Shu kabi mitinglar Rossiyaning boshqa shaharlarida ham tashkillashtiriladi”, — deyilgan Telegram kanali foydalanuvchilariga ma’lum qilingan xabarda.
Rossiya internetining taqiqlanishiga qarshi mitinglar o‘tkazishga davlat Dumasida hukumat tomonidan internetning Rossiya segmentininig tashqi dunyo bilan aloqasini nazorat qilish imkonini beruvchi qonun loyihasining qabul qilinishi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov tomonidan yaratilgan Telegram messenjeri Rossiyada 2018-yilning aprel oyidan buyon rasman bloklangan. Kompaniya bloklanishni chetlab o‘tishga erishmoqda, biroq Roskomnadzor dasturga kirishni taqiqlash maqsadida millionlab IP-manzillarni bloklab qo‘ygan va bu ko‘plab loyihalar va kompaniyalar ishida uzilishlar bo‘lishiga olib kelgan.
Izoh (0)