Samarqand viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi O‘zbekiston Milliy gvardiyasining 82139-sonli harbiy qismi bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha reyd o‘tkazdi.
Samarqand viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Milliy gvardiyaning otliq va ekipaj xodimlari transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan Pastdarg‘om, Nurobod, Paxtachi tumanlaridan hamda Samarqand shahridan o‘tgan temir yo‘l izlari atrofida profilaktik tushuntirish va ogohlantiruv tadbirlari olib borilgan.
Tadbir davomida NKMKga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ konidan Ziyovuddin temir yo‘l bekatiga vagonlarda olib kelinayotgan ruda toshlarni talon-taroj qilayotgan shaxslarni ushlash, yuk vagonlarini o‘z manzillariga yetib borishini ta’minlash borasidagi ishlar amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, 2019-yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi temir yo‘l izlari atrofida jami 562 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. Shundan 486 ta holatda temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish, 9 ta holatda tovar va moddiy boyliklarni talon-taroj qilish va 13 ta holatda transportda spirtli ichimliklar ichish holatlari aniqlangan.
Izoh (0)