AQShning Alabama shtatidagi Li okrugiga yopirilgan ikki tornado oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shuningdek, bir necha kishi jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Okrug sherifi Jey Jonsga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin, chunki ayrim kishilar hozircha bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 4-mart kuni okrugdagi barcha maktablar yopilishi bildirlmoqda.
Izoh (0)