AQShning Yangi Orlean shtatida avtomobil piyodalar ustiga bostirib bordi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jiddiy jarohatlar oldi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi — 32 yoshli Teshonti Toni voqea joyidan qochib qolgan, ammo mahalliy fuqarolar tomonidan qo‘lga olingan.
Hodisa sabablari hozircha noma’lum, ammo politsiya taxminiga ko‘ra, Toni mast holda bo‘lgan.