Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida giyohvand to‘tiqushlar fermerlarni dahshatga solmoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, opiyga tobe bo‘lib qolgan qushlar o‘z hujumlari bilan ko‘knor (mak) yetishtiruvchi fermerlarga zarar yetkazmoqda. Ular mak fermalariga 2015-yildan buyon hujum qilib keladi.
Giyohvand to‘tiqushlarni radiokarnaylar va petardalar bilan quvib yuborishga harakat qilishgan, ammo ular yana qaytib kelavergan. To‘tiqushlar bilan kurashishdan charchagan fermerlar hukumatga murojaat qilgan.
Mutaxassislar fikricha, bitta to‘tiqush kuniga 40 tagacha ko‘knor gulini yeb qo‘yishi mumkin, ularda 20—25 grammdan opiy bo‘ladi.