Xitoy Kanada hukumatining Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni AQShga ekstraditsiya qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qaroriga keskin norozilik bildiradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan ma’lum qildi.
Avvalroq Kanada Adliya vazirligi ekstraditsiya qilish jarayonini rasman boshlagan edi. Men Vanchjou ekstraditsiya ishi bo‘yicha sudga 7-mart kuni kelishi belgilangan.
“Bu jiddiy siyosiy voqea. Biz AQShni yana bir bor hibsga olish haqidagi orderni bekor qilishga, Men Vanchjou xonimni ekstraditsiya qilish qarorini qaytarishga chaqiramiz va uni darhol ozod qilib, Xitoyga qaytib ketishga ruxsat berishni so‘raymiz”, — deb qo‘shimcha qilgan Lu Kan.
Izoh (0)