Xitoylik olimlar mikroto‘lqin zarralari asosida halok qiluvchi qurol yaratdi, deb xabar berdi “MK.ru”.
Pekinning radioto‘lqinlarni o‘lchash instituti va Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi mutaxassislari “mikroto‘lqinli saqlash tizimi”ni ishlab chiqdi. Yangi radarlar mikroto‘lqinlar ta’siri asosida odamga chidab bo‘lmas darajada og‘riq yetkazishga qodir.
Qayd etilishicha, mikroto‘lqinlar asab tolalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu qurol bir to‘da odamlarga ham, yakka tartibda ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)