Britaniyalik sayyoh tasodifan poyabzalida Avstraliyadan Shotlandiyaga ilonni olib o‘tdi, deya xabar beradi “The Guardian”.
Shotlandiyalik Moyera Boksoll Edinburgga qaytgachgina chamadonini joylashtirayotganida poyabzalida sudraluvchini payqagan.
Sayyohning fikriga ko‘ra, u ilonni u bilan hazillashib solib qo‘yishgan o‘yinchoq deb o‘ylagan.
Ilon hatto Boksollning sumkasida eski terisini ham tashlashga ulgurgan.
Keyinchalik ilon aslida zaharli emasligi ma’lum bo‘ldi. U Makkay shahridan Edinburgga deyarli 15 ming kilometr masofa bosib o‘tgan.
Izoh (0)