Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Lori Bristou Solsberi shahrida zaharlangan MRBning sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning tirik ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
“Men ularning tirik ekanini tasdiqlashim mumkin. Rossiya elchixonasining Skripallar bilan uchrashish talabi ularga yetkazilganini tasdiqlay olaman”, — degan u.
Shu bilan birgalikda, elchi Skripallar rossiyalik rasmiylar bilan uchrashishni xohlamasligini tushunish qiyin emasligini ta’kidlagan.
“Ularni asab tizimini zararlovchi modda yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Bizning vazifamiz ularni himoya qilish”, — degan Lori Bristou.
Shunga qaramay, agar Skripallar Rossiya vakillari bilan uchrashishni xohlasa, ularga bunday imkoniyat berilishini ta’sdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz Rossiya sobiq agenti Sergey Skripal va uning qizi Britaniyaning Solsberi shahrida 2018-yil 4-mart kuni zaharlangan edi. Sodir bo‘lgan voqeada London Rossiya maxsus xizmatini ayblagan. Moskva esa o‘ziga qaratilgan ayblovni rad etmoqda.
Izoh (0)