O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning 24-fevral kuni diplomatik vakolatxonaga ushbu mamlakatga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelgan O‘zbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
1940-yilda tug‘ilgan Marat Zohidov Inson huquqlari xalqaro jamiyati (Germaniya) bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Elchixona konsullik bo‘limi tomonidan tashkiliy va yuridik masalalarni hal qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rildi.
Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhum M.Zohidovning jasadi Uzbekistan Airways’ning navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi.
Izoh (0)