Pokistonning Hindistonga tegishli ikkita harbiy samolyotni urib tushirishi ortidan bir nechta aviakompaniyalarga tegishli samolyotlar parvozi to‘xtab qoldi.
AviaSpotter’ning yozishicha, Pokiston va Hindiston ustidagi havo kengliklaridagi murakkabliklar tufayli Air India va Aeroflot aviakompaniyalariga tegishli ikkita samolyot O‘zbekistondagi havo hududida vaziyat yumshashini kutmoqda.
Avvalroq, Toshkent — Amritsar yo‘nalishida uchgan samolyotning Toshkentga qaytib kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)