O‘zbekiston Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga “Buyuk Kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti Saidno‘mon Mansurov rahbar etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Buyuk Kelajak” axborot xizmati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Mansurov Fransiya, Yaponiya, Litvada tajriba orttirgan, Uzoq Sharq federal universitetida MMATENG va NETCENG loyihalari boshqaruvchisi sifatida faoliyat olib borgan.
U mehnat faoliyati davomida NATOning Markaziy Osiyodagi vakili yordamchisi, O‘zbekiston Milliy demokratik instituti vakilligining rahbari bo‘lib ishlagan. Shuningdek, Mansurov “O‘zagrosug‘urta”ning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari ham hisoblanadi.
Izoh (0)