Toshkent shahar hokimining 19-fevraldagi qarori bilan shahardagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Poytaxtdagi 70 dan ortiq ko‘chalarda ta’mirlash ishlari 2019-yil dekabriga qadar bajariladi. O‘tgan yildagiga nisbatan ikki barobar ko‘proq 1 jami 1 844 688 kvadrat metr yo‘llar ta’mirlanadi.
Xususan,
- Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 35 077 kvadrat metr;
- Mahallalar hududidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 872 852 kvadrat metr;
- Tuman prokurorlari sektorlarida aniqlangan ichki yo‘llardagi kamchiliklarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 417 394 kvadrat metr;
- Shahar aholisi va mahalla faollarining ariza va shikoyatlarini ijobiy xal qilish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi 519 365 kvadrat metr maydon ta’mirlanadi.
Izoh (0)