Meksikada jinoyatchilar tadbirkor ayolni o‘g‘irlab ketib, uni ozod qilish evaziga 200 000 dollar pul talab qildi, deb xabar berdi “Forum Daily”.
Ayolning kallasi uzilgan jasadi katta qora paketga solingan holda topildi. Paketga qog‘oz yopishtirilgan bo‘lib, unga ayol turmush o‘rtog‘i jinoyatchilar talab qilgan pulni bermagani uchun o‘ldirilgani yozilgan.
Ayolning oila a’zolari talab qilingan summani topa olmagan.
Susana Karrerani dugonasining uyi yonida o‘g‘irlab ketishgandi. Ayol dugonasinikiga bolasini olib ketish uchun kelayotgan edi.
Kuzatuv kamerasidan olingan videoda jinoyatchilar ayolni kuch ishlatib, mashina saloniga o‘tqizgani va olib ketganini ko‘rish mumkin. Ushbu hodisa bir necha soniyalar ichida ro‘y bergan.
Susanna o‘g‘irlanganidan bir hafta o‘tib o‘ldirildi. Uning turmush o‘rtog‘I Manrikes rafiqasi vafot etgani haqida Facebook sahifasida yozib qoldirgan.
Er-xotin Pezaliminio alyuminiy kompaniyasi egasi hisoblanadi.
Mamlakat bosh prokuraturasi holat yuzasidan jinoyat ishini ochgan.
Izoh (0)