2019-yilning 11-yanvar kuni Toshkent Markaziy vokzalining “Toshkent—Tovar” temir yo‘l bekatidagi bojxona omboriga Rossiya Federatsiyasidan kelgan yuk vagonidagi konteynerlar ko‘zdan kechirilganda, bitta quti yo‘qligi aniqlangan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu quti Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahar Tinchlik mahallasi yaqinida joylashgan “Oqko‘prik-Keles” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida noma’lum shaxslar tomonidan sindirilib, ichidagi jami to‘rt dona parashyutlari o‘g‘irlab ketilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahri va tumanida yashovchi olti nafar shaxs sodir etgani aniqlandi. Jinoyatchilar qo‘lga olingan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)