GM Uzbekistan “O‘zagrosug‘urta” AJ bilan birgalikda Malibu va Tracker avtomobillarini muddatli to‘lov orqali sotish bo‘yicha joriy qilgan aksiyasining ilk haftasida 459 dona avtomobil sotgan. Bu haqda “Daryo”ga GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.
14-fevral kuni e’lon qilingan mazkur aksiya doirasida 172 dona Malibu va 287 dona Tracker sotilgan.
Yangi xizmat shartlariga ko‘ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so‘m) Chevrolet Tracker, Tracker avtomobili puliga esa (215 mln so‘m) Malibu avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.
Shartnoma tuzilgan vaqtda “O‘zagrosug‘urta” mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan hamda 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi.
Kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiya 1-martga qadar amal qiladi.
Izoh (0)