• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    MDH davlatlariga borish uchun yangi xorijga chiqish pasporti shartmi?

    Oxirgi kunlarda “Daryo” tahririyatiga “Yangi olingan xorijga chiqish pasporti bilan shu paytgacha biz bilan o‘zaro vizasiz aloqada bo‘lgan va pasportga maxsus xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) muhrini urdirmasdan chiqsa bo‘ladigan MDH davlatlariga, xususan, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlariga ham chiqaversa bo‘ladimi? Mabodo shu davlatlarga yangi xorijga chiqish pasporti bilan chiqsak, u yerlarda bizga nisbatan huquqni himoya qilish organlari tomonidan muammo bo‘lmaydimi?” degan mazmunda bir nechta murojaat bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh ushbu savolga javob qidirib ko‘rdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Taxminimizcha, ko‘pchilik xorijga chiqish pasporti oldingi xorijga chiqish ruxsatnomasi o‘rniga joriy qilinayotgani uchun bu pasport bilan faqat o‘sha OVIR bilan chiqish kerak bo‘lgan davlatlarga chiqiladi deb o‘ylar ekan. Aynan shu masalada fuqarolarga axborot berish maqsadida Samarqand viloyati Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Davron Ochilovich Norchayevga murojaat qildik.

    Uning ma’lum qilishicha, 2019-yil 1-yanvardan boshlab berilayotgan yangi xorijga chiqish pasporti bilan har qanday mamlakatga bemalol chiqsa bo‘ladi, shu jumladan MDH davlatlariga ham. Bunday pasport bilan MDH davlatlariga borgan fuqarolarga u yerda huquqni himoya qilish organlari tomonidan hech qanday muammo bo‘lmaydi. Chunki yangi berilayotgan xorijga chiqish pasporti xalqaro maqomga ega va dunyoning barcha mamlakatlari tomonidan hech qanday muammosiz tan olinadi.

    Shuningdek, xorijga chiqish pasportini olganlar 2021-yilgacha qo‘llarida bo‘lgan oddiy fuqarolik pasporti bilan ham MDH davlatlariga bemalol chiqa oladi.

    MDH davlatlaridan boshqa davlatlarga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolar esa o‘zlari chiqmoqchi bo‘lgan turli davlatlarning O‘zbekiston fuqarolariga viza masalasida qo‘yayotgan talablarini albatta inobatga olishi kerak.

    Masalan, O‘zbekiston fuqarolari MDH davlatlari va yana boshqa bir qancha davlatlarga vizasiz chiqa oladi. Ba’zi mamlakatlar esa O‘zbekiston fuqarolariga chegarada, kirish joyida (masalan, aeroportda) viza urib beradi, albatta ma’lum boj to‘lovi evaziga. Yana bir guruh davlatlarga borish uchun esa fuqarolarimiz o‘sha davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari orqali viza oladi.

    Davron Ochilovichning bizga ma’lum qilishicha, hozirga qadar yangi pasport borasida aholidan eng ko‘p tushayotgan savollar xorijga chiqish pasporti olgandan so‘ng unga FHDYO organlarining nikoh haqidagi qaydi va propiska muhrlari urilishi haqida bo‘lmoqda. Xorijga chiqish pasportida bunday muhr va ma’lumotlar joylashtirilmaydi. Faqatgina 16 yoshga to‘lmagan bolalarga hamrohlik qiluvchi shaxs haqidagi ma’lumotni shu yerda birdan pasportga qayd etib berilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish uchun alohida pasport mamlakat Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida joriy yil 1-yanvaridan boshlab joriy etilgan.

    Yangi tartib bo‘yicha, O‘zbekiston fuqarosi chet elga chiqishi uchun xorijga chiqish uchun biometrik pasportiga bo‘lishi hamda ushbu pasport Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 10 ish kuni davomida tayyorlanib berishi belgilangan.

    Yangi tartib bo‘yicha, fuqaro xorijga chiqish pasportini olish uchun ish joyi, o‘qish maskani yoki hududiy o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan muhr bilan tasdiqlangan ariza-anketadan bir nusxadan topshirishi, unga qo‘shimcha ravishda 3,5 sm x 4,5 sm hajmdagi bir dona fotosurat, pasport nusxasi, hududiy Mudofaa ishlari bo‘limi ma’lumotnomasi (agar harbiy xizmatga majbur bo‘lsa) hamda eng kam ish haqining 120 foizi miqdoridagi (voyaga yetmaganlar uchun EKIHning 80 foizi miqdorida) davlat boji undiriladi.

    Xorijga chiqish uchun biometrik pasport 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 yil, voyaga yetmagan bolalarga 5 yil, voyaga yetgan fuqarolarga 10 yil muddatga beriladi.

    20.02.2019, 20:40   Izoh (0)   43946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Prezidenti AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondonini qabul qildi

    20.02.2019, 20:28

    “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining Toshkent viloyatidan o‘tuvchi qismida bir kunda 543 ta qoidabuzarlik aniqlandi

    20.02.2019, 20:20

    Rasmiy munosabat: G‘allaorollik yigitni IIB xodimlari tahqirlagani haqida tarqatilgan xabarga oydinlik kiritildi

    20.02.2019, 20:15

    “O‘zagrotexsanoatxolding” Tojikistonda traktor ishlab chiqaradi

    20.02.2019, 20:07

    “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi

    20.02.2019, 19:15

    Farg‘ona viloyatida bemorlar uchun ajratilgan psixotrop moddalarni boshqalarga pullagan psixiatr qo‘lga olindi

    20.02.2019, 19:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.