19-fevral kuni AQShdan gumanitar yordam kelishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng Venesuela armiyasi jangovar tayyorgarlik ko‘rdi. Bu haqda “Korrespondet.net” xabar berdi.
Niderlandlar yurisdiksiyasiga qarashli Aruba, Boynera va Kyurasao avtonom orollar chegarasini esa butunlay yopib qo‘ygan.
Venesuela rahbari Maduroga sodiq bo‘lgan Mudofaa vaziri Vladimir Padrino armiya mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Xuan Guaydo Maduro hukumatidan AQShning gumanitar yordam ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmaslikni va 23-fevralgacha Venesuela hududiga dori-darmon va oziq-ovqatlar ortilgan yuklarni kiritishni talab qilgan.
Guaydo, shuningdek, harbiy xizmatchilarni “konstitutsiya taraf bo‘lishga” va gumanitar yordam yetkazib beruvchilarga qarshi chiqmaslikka chaqirgan.
Maduro esa o‘z navbatida AQShdan kelgan yuklarni mamlakatga kiritishdan qat’iy bosh tortib, buni AQSh harbiylarining gumanitar yordamni bahona qilib mamlakatga bostirib kirishi bilan izohlagan.
Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya va BMTdan 300 tonna gumanitar yordam kelishi kutayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)