Tramp kosmik kuchlar yaratish haqida hujjat imzoladi, u AQSh Harbiy kuchlarining oltinchi bo‘linmasi bo‘ladi deb xabar berdi TJournal.
Hujjatda qayd etilishicha, fazoviy kuchlarning yaratilishi Mudofaa vazirligining XXI asrda rivojlanayotgan jangovar harakatlarga tayyor turishida muhim rol o‘ynaydi.
“AQSh koinotda eng kuchli va raqiblar buni biladi”, — deyiladi hujjatda.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, fazo AQSh uchun strategik jihatdan ustunlikning muhim manbasi bo‘lgani uchun potensial xorijiy dushmanlar amerikaliklarni undan chetlatish harakatida.
Tramp kosmik kuchlarni alohida qo‘shin turi sifatida yaratishni 2018-yilda taklif qilgan. Unda vitse-prezident Mayk Pens yangi kuchlar 2020-yilga kelib shakllantirilishini aytgan.
AQSh kosmosdagi raqobatchi sifatida Rossiya va Xitoyni ko‘rmoqda.
Izoh (0)