Davlat dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy obro‘sini himoya qilish uchun Financial Times gazetasining Moskva idorasi sobiq rahbari Charlz Klover ustidan sudga shikoyat qildi, deya xabar beradi “RBK”.
LDPR rahbari Rossiyadagi “yangi millatchilik” g‘oyasini o‘rganishga bag‘ishlangan “Qora shamol, oq qor” kitobida uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblaydi. Gap “go‘yoki Jirinovskiy KGB agenti bo‘lgan degan mish-mishlar bo‘lgan” iborasi haqida ketyapti.
Jirinovskiy suddan Kloverdan 1 million rubl undirib berishni hamda istalgan Rossiya OAVda ushbu iboraga nisbatan raddiya berishni so‘ragan.
Charlz Klover besh yildan ortiq Moskvadagi Financial Times jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan, hozirda u nashrning Xitoy byurosiga rahbarlik qiladi.
Charlz Kloverning “Qora shamol, oq qor. Milliy g‘oyaning yangi ufqi” nomli kitobi 2017-yilda chop etilgan. Kitob nashr etilgan “Fantom-press” advokati Valeriy Shaxov bu iboralar Jirinovskiyning obro‘siga putur yetkazganiga hech qanday isbot yo‘q deb hsoblaydi.
Jirinovskiyning da’vosini sud 26-mart kuni ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)