Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan savdo urushini to‘xtatishning sharti Pekinni yuanni sun’iy ravishda devalvatsiya qilishdan voz kechish deb hisoblamoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Ushbu masala bir necha oydan beri muhokama qilinmoqda. Muzokarachilar hali bir to‘xtamga kela olmagan, biroq Xitoy vakillari AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinga yuanning qiymatini qadrsizlantirishdan manfaatdor emasligini aytgan.
Fevral oyining boshida Oq Uy agar 1-martgacha AQSh va Xitoy savdo kelishuviga muvofiq qoniqarli natijalarga erishmasa, Vashington Xitoy tovarlariga bojxona to‘lovlarini oshirishi haqida e’lon qilgan.
Izoh (0)