Kanadaning Galifaks shahridagi uyda yuz bergan yong‘inda 7 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bolalarning barchasi bir oilaning farzandlari ekanligi aytilmoqda. Ularning kattasi 17 yosh, kichigi 3 oylik bo‘lgan. Ikki nafar katta yoshdagi odam — erkak va ayol kasalxonaga yetkazilgan.
Tongga yaqin uyning birinchi va ikkinchi qavatini qamrab olgan alanga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganidan so‘ng ko‘p o‘tmay bartaraf etilgan. Politsiya yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Kanadaning CTV telekanali gap Suriyadan kelgan oila haqida ketayotganini bildirdi.
Izoh (0)