• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo iqtisodiyoti uchun muhim va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo universal oyna” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan mazkur korxonada farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqariladi. O‘tgan yil iyun oyida faoliyat boshlagan korxonada qiymati 50,16 million AQSh dollarilik loyiha amalga oshirildi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Mamlakat farmatsevtika sanoatiga shu paytgacha har yili 4 million dollarlik shisha flakonlar import qilinar edi. Ushbu korxona ishga tushgach nafaqat viloyatdagi, balki respublikadagi barcha farmatsevtika korxonalariga shisha idishlar yetkazib berish imkoniyati yuzaga keldi.

    Korxonaga Germaniya, Chexiya va Fransiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan. Ular asosida mahalliy xomashyodan 100 dan ortiq turdagi shisha idishlar tayyorlanmoqda.

    Joriy yilda to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydigan korxonada yiliga 102 million dona shisha idish ishlab chiqariladi, 2 million dollarlik mahsulot eksport qilish kutilmoqda. Korxonada 450 kishi ish bilan ta’minlangan.

    Prezident shisha idishlar ishlab chiqarish texnologik jarayonini, tayyorlanayotgan mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

    Shu yerda “Sirdaryo universal oyna” korxonasi tomonidan klaster usulida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

    Korxona yonida “Sirdaryo glass” MChJ tomonidan yangi texnologiya asosida bir vaqtning o‘zida farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun uch xil rangli shisha idishlar tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning yillik quvvati 136,1 million dona mahsulot bo‘lib, bu 11,3 million dollarlik import o‘rnini qoplash imkonini beradi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kelasi yil ishga tushiriladigan korxonada 500 ish o‘rni yaratiladi, yiliga 3,7 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi.

    “Sirdaryo shisha” MChJ tomonidan shisha idishlar uchun kvars qumini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Yiliga 438 ming tonna qum qayta ishlanadigan korxona uchun “Asaka bank”dan 5 million dollarlik kredit ajratiladi, 5,1 million dollar korxonaning o‘z mablag‘idir.

    “Sirdaryo universal oyna” va “Sirdaryo glass” korxonalarida ishlatib bo‘lingan issiqlik energiyasidan foydalanib, sabzavotlarni Yevropa tipidagi issiqxonada yetishtirish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, “Sirdaryo universal oyna” korxonasi yonida 10 gektarlik issiqxona barpo etiladi. Loyiha besh bosqichdan iborat bo‘lib, issiqxonalarni boshqarishning to‘liq avtomatlashtirilgan tizimi, suvni qayta sirkulyatsiya qilish va yomg‘ir suvlaridan foydalanish, sifat nazorati, ishlab chiqarish, resurslar bilan ta’minlashning yevropacha tizimini qamrab oladi.

    Ushbu issiqxonada yiliga 2,5 ming tonna mahsulot yetishtirish, 6 million dollar atrofida sof daromad olish hamda 5 million dollarlik mahsulotni eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

    “Sirdaryo fish texnology” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yopiq suv aylanma tizimi orqali baliq yetishtirish va qayta ishlash rejalashtirilgan. 2020-yilda ishga tushiriladigan loyiha samarasida yiliga 2 ming 750 tonnadan ziyod baliq yetishtiriladi, tashqi bozorga 3 million dollar, ichki bozorga 2 million dollarlik mahsulot yetkazib beriladi.

    “Sirdaryo glass” korxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash hamda konservalash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyiha orqali yiliga 3 ming tonna mahsulot qayta ishlanadi, 140 ish o‘rni yaratiladi. Bu viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni qayta ishlash, saqlash va eksport qilish hajmini oshirish imkonini beradi.

    Shu yerning o‘zida viloyatda investitsiya mablag‘lari asosida farmatsevtika, to‘qimachilik, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish, Farhod GESini modernizatsiya qilish, Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurish loyihalari, “Sirdaryo golden fruts” MChJ tomonidan tumanda tashkil etilgan ko‘p tarmoqli logistika markazi taqdimotlari o‘tkazildi.

    19.02.2019, 14:22   Izoh (0)   12125
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya yadro tadqiqotlari universiteti magistraturasida o‘qish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kvotalar ikki baravar ko‘paydi

    19.02.2019, 14:18

    16 joyidan pichoqlangan ayol va uning homilasi qanday saqlab qolindi? (video)

    19.02.2019, 13:52

    Timur Ishmetov: “O‘zbekiston tashqi shoklarga ko‘nikishi kerak”

    19.02.2019, 12:58

    Andijonda homilador xotinini o‘ldirgan erkak 17 yilga qamaldi

    19.02.2019, 12:21

    O‘zbekiston yilni yana oltinni faol sotish bilan boshladi

    19.02.2019, 11:46

    Rossiyalik mutaxassislar “Muborak”dagi poligonda o‘tkazilgan yig‘inda qatnashdi

    19.02.2019, 11:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.