Rossiya Davlat Dumasi harbiylarga OAV va internetga xizmatga doir ma’lumotlarni joylashtirishni taqiqlovchi qonun qabul qildi Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda, deb yozadi Sputnik.
Qonun mualliflariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar o‘zga mamlakatlar maxsus xizmatlari, turli terrorchi va ekstremistik guruhlar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkinligi tufayli ushbu qonun qabul qilingan.
Yangi qonun harbiylarga OAV va internetda o‘zi va boshqa harbiylar haqida, ular joylashgan manzili haqidagi ma’lumotlarni, jumladan foto va video materiallarni hamda xizmatga doir boshqa ma’lumotlarni tarqatishni taqiqlaydi.
Ushbu taqiqlar barcha harbiylar uchun, jumladan vaqtinchalik yig‘inlarga jamlanganlar uchun ham taalluqli. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarga o‘zlari bilan foto va videoga oluvchi hamda ma’lumotlarni internetga uzatuvchi har qanday elektron gadjetlar olib yurish taqiqlanadi.
Dumaning Mudofaa qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovga ko‘ra, ushbu choralar harbiylarning shaxsiy xavfsizligi hamda armiyaning umumiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Izoh (0)